Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 6 (2025) · pp. 262-271
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI TAHLILI
Maxmudov, Lazizbek
Abstract
Maqola xizmat ko‘rsatish sohasida elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida elektron tijoratning xizmatlar sektoridagi o‘sish potentsialini, jumladan, mijozlar bazasini kengaytirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish, xizmat sifatini yaxshilash va innovatsion xizmat formatlarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadi. 2015–2024 yillarga oid statistik ma’lumotlar va Pearson korrelyatsiya tahlili asosida elektron tijorat savdo hajmiga ta’sir etuvchi omillar (aholi daromadlari, internet foydalanuvchilari, elektron to‘lov tizimlari, mobil telefonlar soni) aniqlanadi. Regressiya modeli yordamida 2025–2028 yillarga prognoz qilinib, elektron tijoratning 126 trillion so‘mgacha o‘sishi kutilmoqda. Maqola infratuzilmani yaxshilash, to‘lov tizimlarini rivojlantirish va raqamli savodxonlikni oshirish kabi strategik takliflar beradi.
elektron tijorat, xizmat ko‘rsatish sohasi, raqamli infratuzilma, iqtisodiy omillar, Pearson korrelyatsiyasi, regressiya modeli, to‘lov tizimlari, mobil tijorat, aholi daromadlari, internet foydalanuvchilari.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.