Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 6 (2025) · pp. 237-246
TIJORAT BANKLARIDA BOZOR RISKLARINI EKONOMETRIK TAHLILLAR ORQALI BAHOLASH VA BOSHQARISH
Karimov, Mardon
Abstract
Global iqtisodiy inqiroz tufayli tijorat banklarida bozor riskini boshqarishning samarali tizimini yaratish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Bozor riski bilan bog‘liq operatsiyalar hajmining oshishi hamda moliyaviy vositalarning murakkablashuvi ushbu muammoning ahamiyatini, xususan O‘zbekistonda, yanada kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada tijorat banklarida bozor riskini tahlil qilishning nazariy asoslari, ularning mohiyati va tarkibi o‘rganilgan. Shuningdek, aniq bir tijorat banki misolida bozor riskini baholash usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot yakunida banklar risk boshqaruvi madaniyatini shakllantirishi va uni xalqaro tajribani hisobga olgan holda barcha bank amaliyotlari va siyosatlariga integratsiya qilishi zarurligi ta’kidlangan.
Tijorat banklari, bozor riski, risklarni boshqarish, ekonometrik tahlil, kredit xavfi, moliyaviy barqarorlik, kapital yetarliligi, valyuta kursi o‘zgaruvchanligi, moliyaviy ko‘rsatkichlar, bank faoliyati.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.