Innovations in Science and Technologies 2-jild 6-son (2025) · 303-310-betlar
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMIDAGI XIZMATLARNING IQTISODIY MOHIYATI HAMDA ULARNING TURLARI KLASSIFIKATSIYASI
Raxmatov, Temur
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʼzbekiston bank tizimidagi xizmatlarning iqtisodiy mohiyati, ularning har bir yo’nalish bo’yicha, bajaradigan vazifalari bo’yicha, turli xil asosida turlarining klassifikatsiyasi o’rganilgan. Tijorat banklarining xizmatlar bozoridagi ishtiroki, raqobatbardosh banklar bilan birgalikda tijorat banklarining mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshiradigan xizmat turlari, an’anaviy xizmat turlari, noan’anaviy xizmat turlari hamda yangi xizmat turlari ushbu maqolada keltirib o’tilgan. Bank maxsulotlari, ularning aholining ehtiyojidan kelib chiqib xizmat turlarining kengaytirilishi ko’rsatib berilgan. Banklarni transformatsiya qilish jarayonida mijozlarning talablari ortib borishi va bu borada ilg‘or innovatsion bank xizmatlarini sifatli ko‘rsatilmasligi natijasida bank mijozlarining o‘z bankiga bo‘lgan ishonchining kamayishiga olib kelishi hamda bank mijozlari banklarini almashtirishga yoki boshqa bank xizmatlaridan foydalanishga xarakat qilishi mumkinligi ushbu maqolada aytib o’tilgan. Bank xizmatlari ko‘lamini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda kengaytirilgan ishlar berib o’tilgan. Ushbu maqolada tijorat banklari xizmat turlari klassifikatsiyasi jadvallar asosida, olimlar izlanishlari asosida yoritilgan.
bank, xizmat, bank operatsiyasi, omonat, kredit, masofaviy bank xizmatlari, bank kartalari, innovatsiya, onlayn xizmat, mijoz, diversifikatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.