Innovations in Science and Technologies Том 2 № 7 (2025) · с. 35-45
HUDUDIY LOGISTIKA XIZMATLARINI OPTIMALLASHTIRISH ORQALI ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Maxmudov, Lazizbek
Аннотация
Maqola hududiy logistika xizmatlarini optimallashtirish orqali O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Tadqiqot xalqaro tajriba (Amazon Logistics, DHL, FedEx) va mahalliy sharoitlarni tahlil qilib, logistika tizimlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalarini joriy etish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilmani modernizatsiya qilishni muhokama qiladi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida logistika yaxshi rivojlangan bo‘lsa-da, tuman va qishloq hududlarida infratuzilma cheklovlari mavjud. So‘rovnoma natijalari hududiy tafovutlarni ko‘rsatib, fulfillment tizimi, pochta xizmatlari va kichik logistika markazlarini joriy etish orqali muammolarni hal qilish taklif etiladi. Xalqaro va hududiy logistika tizimlarini integratsiya qilish orqali tezkor yetkazib berish, xarajatlarni kamaytirish va ishonchlilikni oshirish mumkin.
Elektron tijorat, hududiy logistika, logistika tizimlari, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, IoT texnologiyalari, fulfillment tizimi, pochta xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik, xalqaro integratsiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.