Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 7 (2025) · Саҳифаҳои 208-213
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YANGI TURDAGI LOGISTIKA VA YETKAZIB BERISH XIZMATLARINING METОDOLOGIK ASOSLARINING TAMOYILLARI
Xalimov, Javlonbek
Аннотатсия
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida logistika va yetkazib berish xizmatlarining shakllanishi, rivojlanishi va ularning zamonaviy metodologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda logistika tizimining an’anaviy yondashuvlardan farqli jihatlari ochib berilib, raqamli texnologiyalarning (IoT, AI, Big Data, blokcheyn va bulutli xizmatlar) logistika zanjirlarida qo‘llanilishi yoritilgan. Maqolada yetkazib berish tizimining mikro va makro tuzilmalari, ularning funksional qismlari, boshqaruv mexanizmlari va raqamli transformatsiya jarayonidagi o‘zgarishlar tizimli yondashuv asosida o‘rganilgan. Shuningdek, zamonaviy logistika konsepsiyalari – LEANlogistika, Agile-supply chains, Circular economy asosidagi taqsimot modellari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi samarali logistika infratuzilmasini shakllantirish, axborot tizimlarini integratsiyalash, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyot, logistika, raqamli transformatsiya, LEAN-logistika, IoT, blokcheyn.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.