Innovations in Science and Technologies 2-tom 7-san (2025) · 262-273-betler
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AGROSANOAT MAJMUASI TIZIMINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Qalmuratov, Baxtiyar, Babanazarova, Sarbinaz
Annotaciya
Hozirgi kunda raqobat muhiti tobora kuchayib borayotgan sharoitida davlat idoralari, ilmiy doiralar hamda biznes vakillari oldida turgan asosiy vazifalardan biri – agrosanoat majmuasi sohasining barqaror rivojlanishini taʻminlash uchun yangi institutsional mexanizmlar va vositalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Agrosanoat majmuasi tizimlarini rivojlantirish boʻyicha nazariy, metodologik va amaliy asoslarni ishlab chiqish va aniqlash hozirgi davrda alohida dolzarblik kasb etadi. Ushbu tizimlar, birinchi navbatda, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlariga boʻlgan tashqi qaramlikni kamaytirish, shuningdek, tarmoqlararo va hududlararo integratsiyani yanada kuchaytirishga qaratilgan boʻlishi zarur. Ushbu maqolada agrosanoat majmuasi tizimini boshqarishning nazariy asoslari oʻrganishga toʻxtalgan.
Agrosanoat majmuasi, qishloq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, agrar ishlab chiqarish, agrosanoat majmuasi tizimi, boshqaruv mexanizmlari.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.