Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 7 (2025) · pp. 285-291
O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ VA SHAHAR DEMOGRAFIK OMILLARINING TUG‘ILISHNING YIG‘INDI KOEFFITSIENTIGA TA’SIRINI PANEL MA’LUMOTLAR ASOSIDA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Abduraxmanov, Abduazim
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida qishloq va shahar hududlarining demografik omillarining tug‘ilishning yig‘indi koeffitsientiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida aholi sonining o‘sish sur’ati, yosh tarkibi, urbanizatsiya darajasi, iqtisodiy faol aholi ulushi va ayollar bandligi kabi ko‘rsatkichlarning tug‘ilish jarayoniga ta’siri aniqlanadi. Empirik model natijalari tug‘ilish darajasi va demografik omillar o‘rtasida muhim statistik bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, urbanizatsiya va ayollar bandligining ortishi tug‘ilish koeffitsientining pasayishiga sezilarli darajada ta’sir etishi kuzatildi. Shu bilan birga, qishloq aholisi ulushi yuqori bo‘lgan hududlarda tug‘ilish darajasi nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Olingan natijalar demografik siyosatni takomillashtirish, aholining barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda hududiy tafovutlarni yumshatishga oid tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston, tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti, demografik omillar, qishloq va shahar aholisi, urbanizatsiya, ayollar bandligi, panel ma’lumotlar, ekonometrik modellashtirish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.