Innovations in Science and Technologies 2-jild 7-son (2025) · 292-299-betlar
O‘ZBEKISTONDA GO‘DAKLAR O‘LIMIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI KO‘P OMILLI REGRESSIYA ASOSIDA MODELLASHTIRISH
Abduraxmanov, Abduazim
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda go‘daklar o‘limiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash va ularning o‘zaro bog‘liqligini statistik jihatdan baholash maqsadida ko‘p omilli regressiya modellari ishlab chiqildi. Tadqiqotda 2010–2024-yillar oralig‘ida respublika bo‘yicha yig‘ilgan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Mustaqil o‘zgaruvchilar sifatida onalar ta’lim darajasi, urbanizatsiya darajasi, oilaviy daromad ko‘rsatkichi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, onalar va chaqaloqlarning sog‘liqni saqlash infratuzilmasiga qamrovi kabi omillar tanlab olindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sog‘liqni saqlash tizimining sifati va aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli go‘daklar o‘limini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, onalar ta’lim darajasi va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli statistik ahamiyatga ega ekani aniqlandi. Ushbu natijalar demografik siyosatni takomillashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yanada samarali rivojlantirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
go‘daklar o‘limi, demografik omillar, sog‘liqni saqlash, ta’lim darajasi, urbanizatsiya, ko‘p omilli regressiya, O‘zbekiston, iqtisodiy omillar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.