Innovations in Science and Technologies 2-том 7-сан (2025) · 340-350-беттер
TARIXIY TASVIRLARDAGI BUZILISHLARNI NORAVSHAN MANTIQ YORDAMIDA BARTARAF ETISH ALGORITMI VA USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Tavboyev, S. A., Mahkamova, D. A.
Аннотация
San’at, me’morchilik, matematika, astronomiya, astrologiya, huquq, musiqa va tibbiyot kabi sohalarga oid, yuzlab yillar avval yozilgan va hozirgacha kutubxonalar hamda universitetlar tomonidan saqlanayotgan tarixiy hujjatlarning sifati jismoniy eskirganligi sababli past darajada bo'ladi. Qo‘lyozmalarning o‘qiluvchanligini yaxshilash va ulardagi qimmatli ma'lumotlarni saqlab qolish uchun raqamli tasvirni qayta ishlash usullaridan foydalanish zarur. Eskirish jarayonlari ko‘pincha tasvir yuzasida fon rangining notekis tarqalishiga hamda fonning qorayishiga olib keladi, bu esa matn bilan fon o‘rtasidagi kontrastni pasaytiradi. Bunday muammo qo‘lyozmalarni raqamli tasvirga aylantirish jarayonida ham yuzaga keladi. Taklif etilayotgan metodologiya, an’anaviy ishlab chiqarish usuli hamda vaqt o‘tishi bilan yuzaga kelgan buzilishlar natijasida fon notekisligi, kontrasti pastligi va konturlarning xiraligi kabi muammolarga ega bo'lgan tarixiy qo‘lyozmalarning sifatini noravshan mantiq metodlari asosida sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgan.
tarixiy qo‘lyozmalar, notekis fon, past kontrast, oldingi (asosiy) matn, noravshan mantiq.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.