Innovations in Science and Technologies 2-том 6-нөмір (2025) · 572-579-беттер
YASHIL INVESTISIYALARNING MINTAQA BARQAROR RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Palvaniyazov, Anvar
Аңдатпа
Yashil investitsiyalar iqtisodiy o‘sish, ekologik muhofaza va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular qayta tiklanuvchi energiya, ekologik transport va chiqindilarni qayta ishlash kabi sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ushbu maqolada yashil investitsiyalarning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinib, dunyo tajribasi va O‘zbekiston sharoitida, xususan, Xorazm viloyati misolida amalga oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Mintaqa geografik joylashuvi va tabiiy resurslarining cheklanganligi tufayli yashil investitsiyalarni jalb qilish va amalga oshirish uchun qulay hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda quyosh va shamol energetikasidan samarali foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu energiya ta’minotini barqarorlashtirish va uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, suv resurslarining cheklanganligi sababli qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalar va barqaror ekinlarni rivojlantirish dolzarb masala sanaladi. Asosiy muammolar sifatida yuqori dastlabki xarajatlar, moliyalashtirishning cheklanganligi va huquqiy to‘siqlar tahlil qilinadi. Yashil investitsiyalarni keng joriy etish nafaqat ekologik muammolarni kamaytirishga, balki hududning iqtisodiy o‘sishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
yashil investisiyalarbarqaror rivojlanishyashil iqtisodiyotqayta tiklanadigan energiyaekologik transportchiqindilarni qayta ishlashbarqaror qishloq xo‘jaligienergiya samaradorligiyashil texnologiyalar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.