Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 8 (2025) · pp. 29-37
MINTAQADA IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA SANOAT KORХONALARINI RAQOBAT BARDOSHLIGIDA RAQAMLASHTIRISHNING USTUNLIK METODLARI
Nabiyev, G’ulom
Abstract
Ushbu maqolada sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda raqamlashtirishning ustunlik metodlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) asosida raqamli xizmatlar bozorini rivojlantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Sanoat ishlab chiqarishda kiber-jismoniy tizimlar, robototexnika va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish jarayonlarining innovatsion va moslashuvchan usullarini yaratish imkoniyatlari taqdim etiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi, sifat nazorati va texnologik operatsiyalar samaradorligi oshiriladi. Raqamli xizmatlar bozorining rivojlanishi intellektual tovarlarni yaratish va ulardan foydalanish orqali bilimlar iqtisodiyotining shakllanishiga xizmat qiladi. Maqolada shuningdek, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining yuqori aniqlik, vaqtni tejash va ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
sanoat korxonalari, raqamlashtirish, raqobatbardoshlik, sun’iy intellect, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, raqamli xizmatlar bozori, kiber-jismoniy tizimlar, robototexnika, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayoni, bilimlar iqtisodiyoti, sifat nazorati, innovatsion texnologiyalar
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.