Innovations in Science and Technologies 2-том 9-нөмір (2025) · 47-55-беттер
HUDUDLARDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA AUTSORSING MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Yusufjanov, Temurbek
Аңдатпа
Maqolada hududiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida autsorsing xizmatlarining tutgan o‘rni, iqtisodiy ahamiyati va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida autsorsing xizmatlaridan foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, boshqaruv xarajatlarini kamaytirish hamda mehnat taqsimotini takomillashtirish vositasi sifatida qaraladi. Maqolada autsorsingning hududiy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni oshirish, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va xizmatlar sektorining ulushini kengaytirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, autsorsing munosabatlarini rivojlantirishda institutsional muhit, infratuzilma imkoniyatlari va kadrlar salohiyatining o‘zaro ta’siri iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqotda ilmiy yondashuv sifatida tizimli tahlil, qiyosiy baholash va kontseptual modellashtirish uslublaridan foydalanilgan. Olingan natijalar Namangan viloyatida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish va autsorsing faoliyatini iqtisodiy siyosat darajasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga asos yaratadi.
autsorsing, iqtisodiy samaradorlik, hududiy tadbirkorlik, kichik biznes, xususiy sektor, xizmatlar bozori, mehnat taqsimoti, resurslardan foydalanish, innovatsion boshqaruv, hududiy iqtisodiyot, institutsional muhit, Namangan viloyati, raqamli iqtisodiyot.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.