Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 9 (2025) · pp. 12-18
INNOVATSION IQTISODIYOTDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI VA ROLI
To’xtayev, Soyib
Abstract
Raqamli iqtisodiyot turli mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlarda o‘ziga xos yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon qilmoqda. Biroq uning miqdoriy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda tushuncha cheklangan va ziddiyatli bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolani yozishdan maqsad esa innovatsiyalashgan iqtisodiyotda “raqamli iqtisodiyot” tushunchasini yoritish va uning ko‘lamini baholash uchun mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqishdir. Shu bois mavzuni tahlil qilishda uch bosqichli yondashuv qo‘llanildi. Raqamli iqtisodiyot asosini “raqamli sektor”, ya’ni asosiy raqamli mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi axborot/axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi korxonalar tashkil etishi alohida nazarda tutildi.
innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, AKT rivojlanishi, nou-xau, jahon iqtisodiyoti, iqtisodiyotni rivojlantirish.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.