Innovations in Science and Technologies 2-tom 9-san (2025) · 35-46-betler
IQTISODIYOTDA ELASTIKLIK TUSHUNCHASI
Sotvoldiyev, Akmal, Omonov, Sherzod
Annotaciya
Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilda keng qo‘llaniladigan elastiklik tushunchasining nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Elastiklikning mohiyati talab va taklifning narx yoki daromaddagi o‘zgarishlarga sezgirligini ifodalashi bilan izohlanadi. Maqolada elastiklik koeffitsiyenti, uning hisoblanish tamoyillari hamda chekli naflilik qonuni bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Cournot va Marshallning ilmiy merosida elastiklik nazariyasining shakllanishi, Kobb-Daglas ishlab chiqarish funksiyasidagi qo‘llanilishi hamda zamonaviy iqtisodiy tahlil va siyosatda tutgan o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elastiklik nazariy va amaliy iqtisodiyotda asosiy metodologik vosita sifatida iqtisodiy qarorlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
elastiklik, talab va taklif, elastiklik koeffitsiyenti, Cournot, Marshall, Kobb- Daglas funksiyasi, iqtisodiy tahlil, xulq-atvor iqtisodiyoti, iqtisodiy siyosat.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.