Innovations in Science and Technologies 2-jild 9-son (2025) · 147-156-betlar
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALARDA STRATEGIK MENEJMENT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Axmedova, Xumora
Annotatsiya
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida korxonalarda strategik menejment tizimini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari – resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni minimallashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash – korxona strategik boshqaruvining yangi paradigmalarini shakllantirishni talab etadi. Shuning uchun maqolada korxona darajasida strategik menejmentning ekologik komponentlarini kuchaytirish, ESG (environmental, social, governance) ko‘rsatkichlarini joriy etish, va raqamli texnologiyalar orqali yashil innovatsiyalarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston sanoat tarmoqlari misolida korxonalar faoliyatining “yashil transformatsiya” jarayonlari empirik baholangan bo‘lib, strategik boshqaruv tizimiga ekologik samaradorlik indikatorlarini integratsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalar korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish bilan birga, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
yashil iqtisodiyot, strategik menejment, ekologik samaradorlik, korxona boshqaruvi, ESG, yashil innovatsiyalar, barqaror rivojlanish, resurs tejash, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik transformatsiya, raqamli menejment, yashil texnologiyalar, korxona strategiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.