Innovations in Science and Technologies 2-том 9-нөмір (2025) · 285-290-беттер
AKSIONERLIK JAMIYATLARIDA PUL OQIMLARINI SAMARALI BOSHQARISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH (KIMYO SANOATI MISOLIDA)
Masharipova, Shahlo
Аңдатпа
Maqolada aksionerlik jamiyatlarida pul oqimlarini samarali boshqarish masalalari kimyo sanoati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, naqd pul aylanishini optimallashtirish hamda likvidlik darajasini barqaror ushlab turishning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan kimyo sanoatiga xos bo‘lgan ishlab chiqarish sikli, investitsiya faoliyati va tashqi bozorlardagi o‘zgarishlar pul oqimlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida baholangan. Shuningdek, moliyaviy oqimlarni boshqarishda raqamli texnologiyalar va analitik yondashuvlarning joriy etilishi korxonaning iqtisodiy barqarorligi hamda raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Natijalar asosida aksionerlik jamiyatlarida pul oqimlarini rejalashtirish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
pul oqimlari, aksionerlik jamiyatlari, moliyaviy boshqaruv, likvidlik, raqamli texnologiyalar, kimyo sanoati, investitsion faoliyat.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.