Innovations in Science and Technologies 2-jild 9-son (2025) · 181-186-betlar
MOLIYAVIY AUTSORSING NAZARIYALARI VA ULARNING BOZOR SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEXANIZMLARI
Babadjanov, Umidbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada moliyaviy autsorsing nazariyalari va ularning bozor samaradorligini baholash mexanizmlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tranzaksiya xarajatlari, agentlik, resurslarga asoslangan va strategik boshqaruv nazariyalari asosida moliyaviy autsorsingning iqtisodiy samaradorligini o‘lchash tamoyillari ishlab chiqilgan. Maqolada autsorsing xizmatlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari — xarajatlarni tejash, vaqtni optimallashtirish, sifat va shaffoflikni oshirish darajalari — jadval asosida tahlil qilinib, raqamli va innovatsion yondashuvlar eng yuqori natijalarni berishi aniqlangan. Tadqiqot metodologiyasi tizimli, komparativ va indeksli tahlil usullariga tayangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, moliyaviy autsorsing samaradorligi kompozit indeks modeli orqali baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy autsorsing nazariyalarining uyg‘unlashuvi iqtisodiy, tashkiliy va texnologik jihatdan optimal boshqaruv mexanizmlarini shakllantiradi. Xulosa sifatida, ishlab chiqilgan model O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy xizmatlar bozorining raqobatbardoshligini, shaffofligini va barqaror rivojlanishini ta’minlashda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
autsorsing, moliyaviy autsorsing, autsorsing nazariyalari, iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkich, moliyaniy xizmatlar, boholash mexanizmi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.