Innovations in Science and Technologies 2-tom 9-san (2025) · 382-389-betler
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Rahmonqulova, Xolida
Annotaciya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy moslashuv jarayonining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalarning yangi ijtimoiy muhitga kirish jarayonida kuzatiladigan psixologik holatlar, ularning emotsional va ijtimoiy rivojlanish omillari, shuningdek, oila va ta’lim muassasasi ta’siri o‘rganilgan. Ijtimoiy moslashuvning nazariy asoslari, xususan, Vygotskiy, Erikson va Bronfenbrenner konsepsiyalari asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy moslashuv jarayoni yosh, hissiy barqarorlik, muloqotga kirishuvchanlik darajasi hamda oilaviy muhit bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, tarbiyachilarning emotsional qo‘llab-quvvatlashi va o‘yin faoliyati orqali tashkil etilgan ijtimoiy o‘qitish jarayoni moslashuvni yengillashtiradi. Maqola yakunida ijtimoiy moslashuvni samarali rivojlantirishga doir psixologik-pedagogik tavsiyalar berilgan.
maktabgacha yosh, ijtimoiy moslashuv, psixologik rivojlanish, emotsional barqarorlik, oila muhiti, tarbiyachi, ijtimoiy muloqot, bolalar psixologiyasi
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.