Innovations in Science and Technologies 2-том 9-сан (2025) · 338-346-беттер
YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH JARAYONIDA KORPORATIV BOSHQARUVNING EKOLOGIK SAMARADORLIKNI SHAKLLANTIRUVCHI INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
Usmonov, Abdulaziz, Ismoilov, Alisher
Аннотация
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv tizimining ekologik samaradorlikka ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda korporativ boshqaruvning shaffoflik, javobgarlik va manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik tamoyillari ekologik natijalarga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. Ekologik samaradorlik mezonlari sifatida resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va ekologik innovatsiyalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari asos sifatida tanlangan. Metodologik yondashuv sifatida tizimli tahlil, korrelyatsion bog‘liqlikni baholash hamda korxona darajasida ekologik boshqaruv amaliyotlari monitoringi qo‘llanilgan. Olingan natijalar korporativ boshqaruv sifati oshgan sari korxonalarning ekologik samaradorligi sezilarli ravishda yaxshilanayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida korporativ boshqaruvni ekologik barqarorlik bilan uyg‘unlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
yashil iqtisodiyot, korporativ boshqaruv, ekologik samaradorlik, barqaror rivojlanish, ekologik innovatsiyalar, resurslardan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, energiya tejamkorlik, ekologik menejment, javobgarlik, shaffoflik, ekologik barqarorlik, institutsional mexanizmlar.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.