Innovations in Science and Technologies Volume 2 Issue 1 (2025) · pp. 231-237
OʻZBEKISTONDA RAQAMLI XIZMATLAR KO‘RSATUVCHI KORXONALAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Xakimdjanova, Dildora
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda raqamli xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish masalalari iqtisodiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar bozori tarkibidagi raqamli korxonalar faoliyatining o‘sish omillari, ularning raqobatbardoshligini taʼminlovchi asosiy mexanizmlar va samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Tadqiqotda iqtisodiy samaradorlikni baholashning innovatsion yondashuvlari, raqamli texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish usullari hamda davlat tomonidan raqamli infratuzilmani rivojlantirish siyosatining taʼsiri tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada raqamli xizmatlar korxonalarining iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish orqali milliy iqtisodiyotda qo‘shimcha qiymat yaratish, bandlikni oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
raqamli xizmatlarraqamli iqtisodiyotsamaradorlikinnovatsion texnologiyalarraqamli infratuzilmaiqtisodiy mexanizmlarraqobatbardoshlikxizmatlar bozoriboshqaruv samaradorligi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.