Innovations in Science and Technologies 2-том 10-нөмір (2025) · 2-12-беттер
QURILISH KORXONALARINI BOSHQARISHDA INNOVATSION BOSHQARUV TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH TAJRIBASI
Mamajonova, Nodiraxon
Аңдатпа
Ushbu maqolada korxona boshqaruv tizimida innovatsiyalardan foydalanish amaliyotini tashkil etishning asosiy tamoyillari va usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda korxona faoliyatida ishlab chiqarish jarayonlari hamda innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va farqlari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan “parallel tashkiliy”, “matritsaviy” va “integral” boshqaruv modellarining mazmuni va qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqola natijalari innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, korxonalarda innovatsion strategiyalarni samarali joriy etish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
innovatsion boshqaruv, innovatsion jarayon, kumulyativ, texnologik siljish, bozorni jalb qilish, integral, parallel tashkiliy, matritsaviy, loyihaviy tizimlashtirish, innovatsion loyiha, komplekslilik, tizimlilik, vaziyatli yondashuv tamoyili.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.