Innovations in Science and Technologies 2-tom 10-san (2025) · 205-212-betler
XORIJIY MAMLAKATLARDA MAHALLA TIZIMIGA O‘XSHASH INSTITUTLAR TAJRIBASI
Imomova, Nozimaxon, Baxromova, Madinaxon
Annotaciya
Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda mahalla tizimiga o‘xshash o‘zini o‘zi boshqarish institutlari shakllanishi, rivojlanish yo‘nalishlari va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda Turkiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar misolida mahalla tizimiga o‘xshash fuqarolik institutlari faoliyati o‘rganilgan. Ularning boshqaruv tuzilmasi, ijtimoiy hamkorlik mexanizmlari hamda aholining o‘zini o‘zi boshqarishdagi ishtiroki solishtirma tahlil asosida ko’rib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy tajriba O‘zbekistonda mahalla institutini yanada takomillashtirishda qo‘llanishi mumkin bo’lgan ilg‘or amaliyotlarni aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari mahalla tizimining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini yoritishga xizmat qiladi.
mahalla tizimi, o‘zini o‘zi boshqarish, raqamli boshqaruv, fuqarolik nazorati, xorij tajribasi, strategiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.