Innovations in Science and Technologies Ҷилди 2 № 11 (2025) · Саҳифаҳои 322-328
O‘ZBEKISTON FUQAROLARI ORASIDA KIBERSAVODXONLIK DARAJASI TAHLILI
Musabekova, Zinnura, To'raqulov, Abror, To‘raqulov, Zafar
Аннотатсия
Ushbu maqolada Oʻzbekiston fuqarolari orasida kibersavodxonlik darajasi hamda uning shakllanish omillari tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgan sharoitda kibersavodxonlik shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internetdan xavfsiz va samarali foydalanish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda aholining turli yosh guruhlari boʻyicha kibersavodxonlik koʻrsatkichlari oʻrganilib, mavjud muammolar aniqlangan. Yoshlar internetdan faol foydalansalar-da, kiberrisklarni baholashda bilim yetishmasligi qayd etilgan. Shuningdek, ayrim ijtimoiy qatlamlarda raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarining sustligi aniqlangan. Maqolada kibersavodxonlikni oshirish bo‘yicha taʼlimiy va tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular raqamli madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kibersavodxonlik, kibermadaniyat, kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli bilim va ko‘nikmalar, kiberrisklar, axborot xavfsizligi, raqamli tafakkur, onlayn ta’lim, internet xavfsizligi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.