Innovations in Science and Technologies 3-tom 2-san (2026) · 80-89-betler
MINTAQALAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA BYUDJETLARARO TRANSFERTLARNING INSTITUTSIONAL ROLI
Mullabayev, Baxtiyarjon
Annotaciya
Ushbu ilmiy maqolada mintaqalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda byudjetlararo transfertlarning institutsional roli kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi hududlar o‘rtasidagi fiskal nomutanosibliklarni yumshatishda transfert mexanizmlarining qanday iqtisodiy va institutsional funksiyalarni bajarishini aniqlash hamda ularning mintaqaviy moliya barqarorligiga ta’sirini baholashdan iborat. Maqolada fiskal federalizm va institutsional iqtisodiyot nazariyalari asosida byudjetlararo transfertlarning mohiyati ochib berilib, ularning fiskal tenglashtirish, hududiy daromad bazasini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy byudjetlarning xarajat majburiyatlarini moliyalashtirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari transfertlarning yuqori darajada markazlashuvi hududlarning moliyaviy mustaqilligini cheklashi, shuningdek, rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi mintaqalarning transfertlarga doimiy qaramligini kuchaytirishini ko‘rsatadi.
mintaqaviy moliyamoliyaviy barqarorlikbyudjetlararo transfertlarfiskal federalizminstitutsional mexanizmhududiy byudjetfiskal tenglashtirishmahalliy moliyatransfert siyosatifiskal rag‘batlar
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.