Innovations in Science and Technologies 3-том 3-сан (2026) · 293-302-беттер
BANKOMAT QURILMALARINI TESTLASH ORQALI BANK XIZMATLARI SIFATINI OSHIRISH MASALALARI
Abrayeva, Mahliyo
Аннотация
Bankomat qurilmasi (ATM) — bu bank xizmatlarini mijozlar uchun qulay tarzda taqdim etadigan muhim elektron qurilma bo‘lib, uning to‘g‘ri va xavfsiz ishlashi moliyaviy tizimning barqarorligi uchun juda muhimdir. Ushbu maqolada bankomat qurilmalarini testlash jarayonining ahamiyati va turli testlash bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Bankomatlar turli funksiyalarni bajarishi, masalan, pul yechish, hisob raqamlariga o‘tkazmalar, balansni tekshirish, to‘lovlar qilish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Testlash jarayoni, bankomatlarning ishlashini tekshirish, xavfsizlikni ta’minlash, foydalanuvchi interfeysini baholash va tizimni haqiqiy sharoitlarda sinovdan o'tkazishni o‘z ichiga oladi. Maqolada funksional, xavfsizlik va ishonchlilik testlari kabi asosiy testlash turlari, shuningdek, test rejalarini ishlab chiqish va xatoliklarni aniqlash usullari batafsil ko‘rib chiqiladi. Testlash jarayonlari bankomatlar tizimining samarali va xavfsiz ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi, shu bilan birga bank mijozlarining moliyaviy ma’lumotlari himoya qilinadi.
Bankomat (ATM)testlash jarayonifunksional testlashxavfsizlik testlariishonchlilikintegratsiya testibankomat tizimikirish va identifikatsiyamoliyaviy operatsiyalaribankomat interfeysi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.