Innovations in Science and Technologies 3-jild 3-son (2026) · 336-348-betlar
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MATEMATIK MASALALARNI SINFLASHTIRISHNING SAMARALI ALGORITMLARI
Mаdrаximovа, Gulrux
Annotatsiya
Ushbu maqolada matematik masalalarni, xususan elementar algebra sohasidagi masalalarni sinflashtirishning ilmiy-nazariy asoslari va zamonaviy algoritmik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy sinflashtirish yondashuvlari bilan bir qatorda ehtimollik modeli, chiziqli sinflashtirish modeli hamda sun’iy neyron tarmoqlar asosidagi sinflashtirish algoritmlarining qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada algebraik masalalarning strukturaviy belgilarini aniqlash, ularni formal xususiyatlar asosida tasniflash va sinf chegaralarini matematik modellashtirish usullari taklif etiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, elementar algebra masalalarini avtomatik tahlil qilishda sun’iy intellekt asosidagi model 96–98% aniqlik bilan sinflashtirish imkonini beradi.
sinflashtirishehtimollik modelichiziqli modelneyron tarmoqlaralgebraik ifodatenglamafunksiyatengsizlikproportsiyasun’iy intellekt.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.