Innovations in Science and Technologies 3-том 3-нөмір (2026) · 376-384-беттер
OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH: TASHKILIY-HUQUQIY MEXANIZMLAR
Karlibaeva, Gulshat
Аңдатпа
Mazkur maqolada zamonaviy sharoitlarda oliy ta’lim muassasalari moliyasini tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda asosiy prinsiplari tahlil qilinadi. Maqola natijalari oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi va samaradorligi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Asosiy moliyalashtirish manbalari sifatida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari mablag‘lar, xususiy sektor ishtiroki va xalqaro grantlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, moliyaviy boshqaruv tizimi, byudjetlashtirish jarayoni va resurslardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonda oliy ta’limni moliyalashtirishning normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinib, moliyaviy mustaqillikni kengaytirish, manbalarni diversifikatsiya qilish va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish zarurligi asoslab berilgan.
moliyaviy tizimoliy ta’lim muassasalardavlat byudjetidiversifikatsiyamoliyaviy boshqaruvgrantlar va xomiylik mablag‘larihamkorlikinvestitsiyalar.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.