Innovations in Science and Technologies 3-том 4-сан (2026) · 101-107-беттер
XORIJIY TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI INVESTITSIYALAR VA IQTISODIY O‘SISH: INSTITUTSIONAL SHAROIT VA MINTAQAVIY RIVOJLANISH
Sayitbayev, Shermirza
Аннотация
Ushbu tadqiqot xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (XTTI, FDI) va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni turli institutsional hamda geosiyosiy sharoitlar kontekstida qiyosiy tahlil qilishni maqsad qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, XTTI kapital shakllanishini kengaytirish, texnologiyalar transferini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda ish o‘rinlari yaratish orqali qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shadi. Biroq mazkur ijobiy ta’sirlar avtomatik xarakterga ega emasligi, balki institutsional sifat, tartibga solish mexanizmlarining izchilligi va siyosat koherentsiyasiga bevosita bog‘liqligi aniqlangan. Tadqiqotda, shuningdek, investitsiyalarning asosan urbanizatsiyalashgan sanoat hududlarida jamlanishi natijasida yuzaga keladigan mintaqaviy rivojlanishdagi nomutanosiblik muammosi ham alohida ko‘rib chiqiladi. Qishloq va chekka hududlarni milliy iqtisodiy tizimga integratsiya qilish, ichki tadbirkorlikni rag‘batlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish orqali XTTIga ortiqcha bog‘liqlik xavflarini kamaytirish yo‘llari taklif etiladi.
Xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalariqtisodiy o‘sishtexnologiyalar transferimintaqaviy rivojlanishtarmoq tabaqalanishitransmilliy korporatsiyalariqtisodiy mustaqillikdiversifikatsiya strategiyasiglobal qiymat zanjirlariinfratuzilma rivoji
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.