Innovations in Science and Technologies Volume 3 Issue 4 (2026) · pp. 116-131
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSION LOYIHALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Ulashov, Aliboy
Abstract
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Xususan, investitsion loyihalarni baholashda operatsion, investitsion va moliyaviy pul oqimlarini differensial diskontlash, risk omillarini ekonometrik yondashuvlar asosida kompleks baholash hamda MVA (Multivariate Averaging Method) modeli orqali risk premiyasini diskont stavkaga integratsiyalash mexanizmlari ilmiy asoslangan. Tadqiqot davomida investitsion loyihalarning sof joriy qiymati (NPV), foydaning ichki me’yori (IRR), investitsiyalar rentabelligi (PI) va diskontlangan qoplash muddati (DPP) ko‘rsatkichlarini aniqlashda ko‘p omilli regressiya modellaridan foydalanishning metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Shuningdek, “Jizzaxdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati misolida investitsion risklarni hisobga olgan holda diskont stavkani moslashtirish orqali investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini aniqroq baholash imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida investitsion qarorlar qabul qilish jarayonida risklarni kompleks integrallash, pul oqimlarini to‘g‘ri tasniflash va zamonaviy ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish investitsion baholash tizimining aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirishi asoslab berilgan.
investitsion loyihaiqtisodiy samaradorlikaksiyadorlik jamiyatidiskont stavkarisk premiyasiMVA modeliEVA metodologiyasipul oqimlariekonometrik tahlilsof joriy qiymat (NPV)
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.