Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 5 (2026) · Саҳифаҳои 78-86
UNIVERSITET MA'LUMOTLAR EKOTIZIMIDA INTELLEKTUAL TAHLIL: HETEROGEN MANBALARNI BIRLASHTIRISHNING MATEMATIK MODELI VA LOKALIZATSIYALANGAN ARXITEKTURA
Boltayev, Jahongir
Аннотатсия
Zamonaviy oliy ta’lim muassasalari (OTM) HEMIS, o‘qitishni boshqarish tizimlari (LMS), elektron hujjat aylanish platformalari hamda video- va audio-xizmatlar tarkibida bir-biridan format, tuzilish va semantik jihatdan tafovutlanuvchi ma’lumotlar oqimini hosil qiladi. Mazkur xilma-xillik an’anaviy hisobot vositalarining tahliliy quvvatini cheklab qo‘yadi. Ushbu tadqiqotda heterogen manbalarni formal tavsiflashga mo‘ljallangan uchlik bazasidagi matematik model, ETL prinsiplariga asoslangan integratsiya operatori va sun’iy intellekt algoritmlarini baholash mezonlari taqdim etilgan. To‘rt model qiyosida XGBoost eng yuqori F1 = 0,85 qiymatini qayd etgan. Shuningdek, O‘zbekiston huquqiy maydonidagi ma’lumotlar suvereniteti talablari hamda texnik omillar sababli xalqaro katta til modellaridan (LLM) bevosita foydalanishning to‘siqlari va lokal implementatsiya — mahalliy serverlardagi ochiq vaznli modellar, nozik sozlash hamda federativ o‘qitish — afzalliklari ko‘rib chiqilgan.
heterogen ma’lumotlarsun’iy intellektHEMISoliy ta’limintegratsiya operatorimashinaviy o‘qitishkatta til modellarima’lumotlar suvereniteti.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.