Innovations in Science and Technologies 3-jild 6-son (2026) · 83-89-betlar
IQTISODIYOT TARMOQLARIDA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH FAOLIYATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Karimov, Anvarjon
Annotatsiya
Qishloq xo'jaligi – O'zbekiston iqtisodiyotida suv resurslarining eng yirik iste'molchisi hisoblanadi. Mamlakatda iste'mol qilinadigan umumiy suv hajmining 88–90 foizi aynan sug'orma dehqonchilikka sarflanadi. Andijon viloyati misolida o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qishloq xo'jaligida suv sarfi normativdan 30–40 foiz yuqori bo'lib, sug'orish tarmoqlarida texnik yo'qotishlar umumiy olish hajmining 35–45 foiziga yetadi. Ushbu maqolada suv resurslaridan qishloq xo'jaligida foydalanish faoliyatini boshqarishning iqtisodiy mazmuni, nazariy asoslari va zamonaviy raqamli transformatsiya yondashuvlari ilmiy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi.
suv resurslari, qishloq xo'jaligi, boshqaruv mexanizmlari, raqamli transformatsiya, IoT, sun'iy intellekt, Andijon viloyati,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.