Innovations in Science and Technologies 3-tom 6-san (2026) · 283-290-betler
GILAM ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI MARKETING TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Arziyeva, Sevinch
Annotaciya
Mazkur maqolada gilam ishlab chiqarish korxonalarini marketing tamoyillari asosida rivojlantirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda marketingning nazariy asoslari, marketing kompleksining elementlari hamda gilam sanoatida marketing faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalarda zamonaviy marketing vositalari, raqamli marketing texnologiyalari, elektron tijorat platformalari va CRM tizimlaridan foydalanishning samaradorligi baholangan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida gilam ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va brend qiymatini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari marketing tamoyillariga asoslangan boshqaruv korxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
gilam sanoati, marketing, marketing tamoyillari, marketing strategiyasi, marketing kompleksi, raqamli marketing, elektron tijorat, CRM tizimi, brend, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati, iste’molchilar ehtiyoji.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.