Innovations in Science and Technologies Том 3 № 6 (2026) · с. 212-219
LOGISTIKA 4.0 – KELAJAK LOGISTIKASI SIFATIDA
Abduxalikova, Komila
Аннотация
Mazkur maqolada Logistika 4.0 tushunchasi, uning zamonaviy iqtisodiyot va ta'minot zanjiri boshqaruvidagi ahamiyati, shuningdek, raqamlashtirish, barqarorlik va chidamlilik kabi ustuvor yoʻnalishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda sun'iy intellekt, narsalar interneti (IoT), RFID, katta ma'lumotlar, sensor texnologiyalari, avtonom transport tizimlari kabi asosiy raqamli yechimlarning logistika jarayonlariga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, logistika sohasida raqamlashtirishni joriy etishning afzalliklari, amaliy qiyinchiliklari va istiqbolli rivojlanish tendensiyalari koʻrib chiqilgan Tadqiqot natijalari Logistika 4.0 nafaqat jarayonlarni avtomatlashtirish, balki ta'minot zanjiri shaffofligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va korxonalarning raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim omil ekanini koʻrsatadi.
Logistika 4.0, raqamlashtirish, sun'iy intellekt, IoT, RFID, katta ma'lumotlar, avtomatlashtirish, ta'minot zanjiri, avtonom transport, sensor texnologiyalari.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.