Innovations in Science and Technologies 3-jild 6-son (2026) · 147-155-betlar
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY QARASHLARI
Ablaizov, Akbar
Annotatsiya
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning nazariy qarashlari va ularning evolyutsiyasi tadqiq etilgan. Xizmatlar sektorining iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyotdagi o‘rni hamda rivojlanish qonuniyatlari klassik iqtisodiy nazariyalar, uch sektorli model, postindustrial jamiyat konsepsiyasi va raqamli iqtisodiyot yondashuvlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va institutsional omillar o‘rganilib, zamonaviy xizmatlar iqtisodiyotining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari aniqlangan. Tadqiqot natijasida xizmatlar sektorining raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasi, xizmatlar iqtisodiyoti, nazariy qarashlar, uch sektorli model, postindustrial jamiyat, raqamli iqtisodiyot, xizmatlar bozori, innovatsiyalar, xizmatlar marketingi, inson kapitali, iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik, xizmatlar sifati, xizmatlar sektori, raqamlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.