Innovations in Science and Technologies 3-jild 6-son (2026) · 424-431-betlar
RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA MOLIYAVIY INOVATSIYALARNI TARTIBGA SOLISHNI ASOSIY XUSUSIYATLARI
Ruzibayeva, Nargiza, Mahmudov, Sardorbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy innovatsiyalarni tartibga solishning asosiy xususiyatlari, ularning zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining amaliy tajribalari o‘rganilib, moliyaviy innovatsiyalarni boshqarishda qo‘llanilayotgan yondashuvlar, nazorat mexanizmlari va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vositalari qiyosiy jihatdan baholangan. Shuningdek, moliyaviy texnologiyalar, raqamli to‘lov tizimlari, ochiq bank xizmatlari hamda kriptoaktivlar bozorining rivojlanishi bilan bog‘liq imkoniyatlar va xavflar yoritilgan. Tadqiqot natijalari rivojlangan mamlakatlarda tartibga solish siyosati innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bilan bir qatorda moliyaviy barqarorlikni saqlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilganligini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar moliyaviy innovatsiyalarni rivojlantirish hamda ularni samarali nazorat qilish bo‘yicha milliy siyosatni takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
moliyaviy innovatsiyalarFinTechraqamli moliyamoliyaviy texnologiyalarRegulatory SandboxOpen Bankingkriptoaktivlarmoliyaviy barqarorlikkiberxavfsizlikmoliyaviy nazorat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.