Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 6 (2026) · Саҳифаҳои 517-526
HUDUDIY MARKETING ASOSIDA KORXONALARNING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH VA INVESTITSIYA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASH
Ergashev, Alijon
Аннотатсия
Ushbu maqolada, Farg‘ona viloyati korxonalarining investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalarni samarali jalb etish hamda hududiy marketing mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada, investitsion korxonalarning salohiyatini oshirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, huquqiy, moliyaviy va infratuzilma sharoitlari keltiriladi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv uslublarining investitsiya faoliyatiga ta’siri, shuningdek, davlatning investitsiya muhiti va qo‘llabquvvatlash siyosati muhokama qilinadi. Bundan tashqari, maqolada investitsiya muhitini yaxshilash, xususiy va davlat sektorining hamkorligini rivojlantirish, korxonalarni yanada samarali boshqarish va ularga zarur moliyaviy resurslarni taqdim etishning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar va strategiyalar taklif etiladi. Bu maqola investitsion faoliyatni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
hududiy marketing, investitsiya, investitsion jozibadorlik, real sektor, raqobatbardoshlik, investitsiya siyosati.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.