Innovations in Science and Technologies Том 3 № 6 (2026) · с. 454-461
KORXONA MOLIYAVIY KO'RSATKICHLARI TAHLILIGA FUNDAMENTAL YONDASHUV
O‘rinov, Dilshodjon
Аннотация
Mazkur maqolada korxona moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda iqtisodiy tahlilning korxona faoliyatidagi ahamiyati, moliyaviy natijalarni baholash va kelgusi davr ko‘rsatkichlarini prognozlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning moliyaviy tahlilga oid ilmiy qarashlari o‘rganilib, ularning yondashuvlari qiyosiy tahlil asosida umumlashtirilgan. Tadqiqot jarayonida monografik, qiyosiy, balans, normativ, moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili, analitik prognozlash hamda iqtisodiy-matematik usullardan foydalanilgan. Shartli korxona misolida buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida korxonaning moliyaviy holati, rentabellik darajasi va ishbilarmonlik faolligi baholangan. Foizga bog‘langan analitik usul yordamida sotish hajmini oshirish sharoitida moliyaviy ko‘rsatkichlarni prognozlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda moliyaviy rejalashtirishni takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ichki moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
moliyaviy tahlil, moliyaviy rejalashtirish, balans usuli, normativ usul, rentabellik, ishbilarmonlik faolligi, prognozlash, korxona moliyaviy holati, sotish hajmi, moliyaviy ko‘rsatkichlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.