Innovations in Science and Technologies Volume 3 Issue 6 (2026) · pp. 562-570
O‘ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV IQTISODIYOT ELEMENTLARINI JORIY ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mardonova, Ozoda
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jarayoniga kreativ iqtisodiyot elementlarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda turizm sohasining hozirgi holati, infratuzilmaviy muammolar, tashkiliy boshqaruv tizimi va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari kompleks tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar asosida kreativ turizmning nazariy asoslari yoritilib, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni asoslab berilgan. SWOT, PEST, iqtisodiy va statistik tahlil usullaridan foydalangan holda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish, raqamli platformalarni keng joriy etish, turizm klasterlarini shakllantirish hamda investitsion mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Mazkur yondashuvlar turizm infratuzilmasining raqobatbardoshligini oshirish va kreativ iqtisodiyot salohiyatini to‘liq ishga solishga xizmat qiladi.
turizm infratuzilmasi, kreativ iqtisodiyot, raqamli turizm, klaster, investitsiya, davlat-xususiy sheriklik, iqtisodiy tahlil.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.