Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 7 (2026) · Саҳифаҳои 80-88
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AGROTURIZM FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLARI
O‘rishev, O‘lmasbek
Аннотатсия
Mazkur maqolada agroturizm faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qishloq hududlarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda istiqbolli yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Agroturizmning qishloq xo‘jaligi, turizm va mahalliy aholi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi faoliyat turi sifatidagi mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, agroturizmni tashkil etishda tabiiy va qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanish, mahalliy an’analar va milliy qadriyatlarni turistik mahsulotga aylantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada agroturizm faoliyatining hududlar iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratish, qishloq aholisi daromadlarini oshirish va mahalliy turistik salohiyatdan samarali foydalanishdagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish agroturizm xizmatlarini targ‘ib qilish, turistlarni jalb etish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida agroturizmni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va uni samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
agroturizmqishloq turizmiqishloq xo‘jaligituristik xizmatlarqishloq hududlarituristik salohiyatmahalliy resurslarraqamli texnologiyalar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.