Innovations in Science and Technologies 3-jild 7-son (2026) · 89-99-betlar
SHOLICHILIK TARMOG‘INING RIVOJLANISH TARIXI VA SOHADA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Qodirov, Shuxratbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada sholichilik tarmog‘ining rivojlanish tarixi hamda sohada iqtisodiy samaradorlikni oshirishning ilmiy-nazariy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda sholichilikning jahon va milliy agrar iqtisodiyotdagi o‘rni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi strategik ahamiyati hamda tarmoqning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Mavzuga oid xorijiy, MDH va O‘zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari umumlashtirilib, iqtisodiy samaradorlikni baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Sholichilik tarmog‘ining tarixiy rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarishning ekstensiv modelidan intensiv va innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish jarayonlari ilmiy asosda tavsiflangan. Maqolada iqtisodiy samaradorlikka ta’sir etuvchi yer, suv, mehnat, kapital va texnologik resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, hosildorlik, rentabellik hamda resurslar qaytimi kabi omillar kompleks tahlil qilingan.
Sholichilikiqtisodiy samaradorlikqishloq xo‘jaligiagrar iqtisodiyotresurslardan foydalanishhosildorlikrentabellikraqamli boshqaruvresurs tejovchi texnologiyalarbarqaror rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.