Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 7 (2026) · Саҳифаҳои 100-110
TA’LIM XIZMATLARINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Umarov, Ravshanjon
Аннотатсия
Mazkur maqolada ta’lim xizmatlarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Ta’lim tizimida yuz berayotgan global transformatsiyalar, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt texnologiyalarining keng qo‘llanilishi hamda ta’lim xizmatlari bozorida raqobatning kuchayishi boshqaruv mexanizmlarini yangi yondashuvlar asosida takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot davomida ta’lim xizmatlarini boshqarishga oid zamonaviy ilmiy qarashlar tizimlashtirildi, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilindi hamda milliy ta’lim tizimida mavjud boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi baholandi. Ta’lim muassasalarida strategik boshqaruv, sifat menejmenti, raqamli boshqaruv platformalari, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik, innovatsion boshqaruv vositalari va natijadorlikka asoslangan boshqaruv konsepsiyalarining qo‘llanilish darajasi o‘rganildi.
Ta’lim xizmatlariboshqaruv mexanizmita’lim menejmentiraqamli transformatsiyasifat menejmentiinnovatsion boshqaruvstrategik boshqaruvta’lim sifatiraqobatbardoshliksun’iy intellekt.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.