Innovations in Science and Technologies 3-jild 7-son (2026) · 183-192-betlar
HUDUDIY IQTISODIY O‘SISHDA KLASTERLASH VA SANOAT IXTISOSLASHUVINIG AMALDAGI HOLATI
Uralov, Farruh
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy o‘sishda klasterlash va sanoat ixtisoslashuvining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda hududiy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi, aglomeratsiya jarayonlari va klasterlash mexanizmlarining o‘rni ilmiy jihatdan yoritilgan. Xususan, Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati, tabiiy-resurs bazasi, sanoat tarmoqlari tarkibi, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va logistika infratuzilmasining rivojlanish holati statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, hududda shakllangan sanoat klasterlari va aglomeratsiya jarayonlarining ishlab chiqarish samaradorligi, investitsiyalarni jalb etish, bandlikni oshirish hamda hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qiyosiy, statistik, tizimli va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanilib, hududiy ixtisoslashuvning mavjud muammolari hamda rivojlanish imkoniyatlari aniqlangan. Olingan natijalar asosida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, innovatsion klasterlarni rivojlantirish, logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni kengaytirish va hududiy boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish, iqtisodiy o‘sishning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda mamlakatda hududiy rivojlanish siyosatini takomillashtirishda muhim metodik va amaliy ahamiyatga ega. Mazkur yondashuvlar hududiy iqtisodiyotni tarkibiy transformatsiya qilish, investitsion jozibadorlikni oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish hamda sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish orqali uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
hududiy ixtisoslashuvaglomeratsiyaklasterlashiqtisodiy o‘sishsanoat rivojlanishiinnovatsion rivojlanishaqlli ixtisoslashuvraqobatbardoshlikQashqadaryo viloyatihududiy rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.