Innovations in Science and Technologies 3-том 7-нөмір (2026) · 160-170-беттер
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA EKOLOGIK VA IQTISODIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH
Siradjev, Ilxom
Аңдатпа
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida ekologik va iqtisodiy boshqaruv samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillarni aniqlash hamda ularni baholashning ilmiy-uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida ekologik siyosat, yashil investitsiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, energiya samaradorligi, innovatsion texnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari, institutsional islohotlar va ekologik innovatsiyalarning boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, ekologik va iqtisodiy boshqaruv samaradorligini baholashda statistik tahlil, qiyosiy tahlil, integral indeks, ekspert baholash va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ekologik va iqtisodiy boshqaruv samaradorligining oshishi yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, yashil moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilish bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi.
yashil iqtisodiyotekologik boshqaruviqtisodiy boshqaruvboshqaruv samaradorligiekologik barqarorlikbarqaror rivojlanishyashil investitsiyalarraqamli boshqaruvqayta tiklanuvchi energiyaekologik siyosat.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.