Innovations in Science and Technologies 3-том 7-сан (2026) · 219-226-беттер
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING IQTISODIY SALOHIYATINI KOMPOZIT INDEKS METODOLOGIYASI ASOSIDA BAHOLASH
Yusupov, Shuxrat
Аннотация
Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini raqamli texnologiyalar va raqamli platformalar asosida kompozit indeks metodologiyasi yordamida kompleks baholashga bag‘ishlangan. Zamonaviy global raqamli transformatsiya sharoitida raqamlashtirish iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik va barqaror rivojlanishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy rivojlanishida raqamli texnologiyalar hamda platformaviy iqtisodiyotning tutgan o‘rnini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda tizimli va taqqoshlama yondashuv asosida nazariy hamda empirik tahlillar uyg‘unlashtirilgan. Muallif tomonidan iqtisodiy salohiyatni baholash uchun kompozit indeks ishlab chiqilgan bo‘lib, u raqamli infratuzilma, internetdan foydalanish darajasi, elektron hukumat rivoji, innovatsion salohiyat, inson kapitali hamda biznes va davlat boshqaruvida raqamli platformalarning qo‘llanilishi kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Har bir indikator normalizatsiya qilinib, ularning ahamiyat darajasiga qarab vazn berilgan. Bu esa mamlakatlar o‘rtasida ob’ektiv taqqoslash imkonini yaratadi.
Raqamli iqtisodiyotraqamli platformalarMarkaziy Osiyokompozit indeksAnalitik ierarxiya jarayoni (AHP)klaster tahlilmin-maks normallashtirishelektron hukumatraqamli tadbirkorlik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.