Innovations in Science and Technologies 3-jild 8-son (2026) · 68-78-betlar
DAVLAT TASHKILOTLARI HUJJATLARINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA QAYTA ISHLASH VA SEMANTIK QIDIRUV TIZIMLARINING NAZARIY ASOSLARI
Nasrullayev, Nurbek, Saydaxmedov, Ibodilla, Hamzayev, Jamshid
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan hujjatlarni sun’iy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik qayta ishlash hamda semantik qidiruv tizimlarini yaratishning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, davlat tashkilotlarida yig‘ilgan hujjatlar hajmining tobora ortib borishi sharoitida an’anaviy, kalit so‘zga asoslangan qidiruv usullari foydalanuvchi so‘roviga mazmunan mos, ammo leksik jihatdan farqli hujjatlarni aniqlay olmaydi. Maqolaning maqsadi bu elektron hujjat aylanish tizimlarining zamonaviy holatini, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) usullarini hamda embedding modellari va vektorli ma’lumotlar bazalarining ishlash tamoyillarini tizimli tahlil qilish va davlat sektori uchun mos kontseptual arxitekturani asoslashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi tizimli adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil va kontseptual modellashtirish usullarini o‘z ichiga oladi. Tahlil uchun 2013- 2024-yillarda chop etilgan ilmiy manbalar, xalqaro standartlar va milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tanlab olindi. Tahlil natijasida mavjud elektron hujjat aylanish tizimlarida sun’iy intellekt integratsiyasi cheklanganligi, transformer arxitekturasiga asoslangan zamonaviy NLP modellari matn mazmunini yuqori aniqlikda ifodalash imkonini berishi hamda embedding va vektorli ma’lumotlar bazalari semantik qidiruvni amalga oshirishning asosiy texnik vositasi ekanligi aniqlandi. Tahlil asosida besh qatlamli (manba, OCR, NLP, embedding yoki vektorli saqlash, qidiruv interfeysi) kontseptual arxitektura taklif etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, davlat tashkilotlari uchun milliy tilga moslashtirilgan semantik qidiruv tizimini yaratish amaliy jihatdan asoslangan va dolzarb yo‘nalish hisoblanadi.
sun’iy intellektdavlat tashkilotielektron hujjat aylanishitabiiy tilni qayta ishlashsemantik qidiruvembeddingvektorli ma’lumotlar bazasimatnni klassifikatsiyalashraqamli transformatsiyaaxborot izlash tizimlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.