Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 59-67
BARQAROR RIVOJLANISH TAMOYILLARI ASOSIDA SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH (QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI MISOLIDA)
Kutbitdinova, Mohigul
Аннотатсия
Barqaror rivojlanish tamoyillarining sanoat tarmoqlariga joriy etilishi ishlab chiqarishni boshqarish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada qurilish materiallari sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni boshqarishning nazariy va metodologik asoslari barqaror rivojlanish tamoyillari nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik usullar hamda ekspert baholash metodlaridan foydalanildi. Ishlab chiqarish samaradorligiga ta'sir etuvchi iqtisodiy, texnologik, ekologik va tashkiliy omillar kompleks baholanib, ularni yagona boshqaruv tizimida integratsiyalashga qaratilgan metodologik yondashuv ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, barqaror rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimiga integratsiya qilish korxonalarda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, innovatsion faollikni kuchaytirish hamda uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta'minlashning muhim omili ekanligi asoslandi. Taklif etilgan metodologik yondashuv sanoat korxonalarida boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish va tarmoqning barqaror rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.
barqaror rivojlanish, ishlab chiqarishni boshqarish, qurilish materiallari sanoati, boshqaruv metodologiyasi, iqtisodiy samaradorlik, resurs samaradorligi, innovatsion rivojlanish, raqamli transformatsiya, ESG.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.