Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 157-170
DON VA UN MAHSULOTLARI TANLOVIDA ISTE’MOLCHI XULQATVORI MODELINING XUSUSIYATLARI
Boyjigitov, Sanjarbek
Аннотатсия
Mazkur maqolada don va un mahsulotlari tanlovida iste’molchi xulq-atvori modelining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Iste’molchilarning xarid qaroriga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, mahsulot sifati, narxi, oziqaviy qiymati, brend obro‘si, qadoqlash, ishlab chiqaruvchi imiji hamda ekologik va sog‘lom ovqatlanishga oid omillar o‘rganilgan. Shuningdek, iste’molchi xulq-atvorini shakllantirishda ijtimoiy-demografik omillar va marketing kommunikatsiyalarining ta’siri baholanib, don va un mahsulotlari bozorida iste’molchilar segmentatsiyasiga asoslangan xulq-atvor modeli taklif etilgan. Tadqiqot natijalari korxonalar uchun samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda iste’molchilar ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirishga xizmat qiladi.
don mahsulotlariun mahsulotlariiste’molchi xulq-atvorixarid qarorimarketing strategiyasiiste’molchi modeliiste’molchilar segmentatsiyasioziq-ovqat bozoribrendsifat.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.