Innovations in Science and Technologies 3-tom 8-san (2026) · 116-129-betler
GLOBALLASHUV SHAROITIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Samiyev, Mirkamol
Annotaciya
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida kambag‘allikni qisqartirishning dolzarb masalalari, unga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional omillar hamda zamonaviy yondashuvlar tadqiq etilgan. Globallashuvning xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, texnologiyalar transferi, mehnat migratsiyasi va raqamli iqtisodiyot orqali kambag‘allik darajasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotda kambag‘allikni qisqartirishda inklyuziv iqtisodiy o‘sish, sifatli bandlik, aholi daromadlarini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, daromadlar tengsizligini kamaytirish va manzilli ijtimoiy himoyaning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, globallashuvning kambag‘allikka ta’siri mamlakatlarning institutsional salohiyati va iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan. O‘zbekiston tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirishning amaldagi tendensiyalari tahlil qilinib, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni oshirish va raqamli inklyuziyani kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari globallashuvdan olinadigan iqtisodiy manfaatlarni aholining barcha qatlamlari uchun yanada teng va inklyuziv taqsimlash kambag‘allikni barqaror qisqartirishning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi.
globallashuvkambag‘allikkambag‘allikni qisqartirishinklyuziv iqtisodiy o‘sishiqtisodiy tengsizlikbandlikaholi daromadlariinson kapitaliijtimoiy himoyaraqamli inklyuziya
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.