Innovations in Science and Technologies Ҷилди 3 № 8 (2026) · Саҳифаҳои 171-183
KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISHNING MAZMUNI, MOHIYATI VA NAZARIY RIVOJLANISH TENDENSIYASI
Samiyev, Mirkamol
Аннотатсия
Mazkur maqolada kambag‘allikni kamaytirishning mazmuni, mohiyati va nazariy rivojlanish tendensiyalari tadqiq etilgan. Kambag‘allik tushunchasining iqtisodiy tafakkur rivojlanishi jarayonidagi evolyutsiyasi, uning daromad yetishmasligi, resurslardan foydalanish cheklanganligi, nisbiy mahrumlik va inson imkoniyatlarining cheklanishi bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda A. Smit, T. Maltus, D. Rikardo, A. Sen, P. Townsend, M. Todaro va S. Smith kabi olimlarning nazariy qarashlari hamda Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturining zamonaviy yondashuvlari umumlashtirilgan. Shuningdek, kambag‘allikni baholashda monetar va ko‘p o‘lchovli yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. O‘zbekiston misolida kambag‘allikni kamaytirishda bandlik, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalar va manzilli ijtimoiy himoyaning ahamiyati asoslangan. Tadqiqot natijasida kambag‘allikni barqaror qisqartirishning asosiy sharti aholining nafaqat daromadlarini oshirish, balki ularning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat ekanligi aniqlangan.
kambag‘allik, kambag‘allikni kamaytirish, kambag‘allik nazariyasi, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik, daromadlar, ijtimoiy himoya, bandlik, inson kapitali, iqtisodiy o‘sish, inklyuziv rivojlanish, ijtimoiy tengsizlik, O‘zbekiston.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.