Innovations in Science and Technologies Volume 3 Issue 8 (2026) · pp. 198-208
NAMANGAN VILOYATIDA INVESTITSIYA MEXANIZMLARI HARAKATLANISHINING IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARI VA TARKIBIY XUSUSIYATLARI
Kenjayev, Ikrom
Abstract
Mazkur maqolada Namangan viloyatida investitsiya mexanizmlarining harakatlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, investitsiya infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy dinamikasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi 2020–2025 yillar davomida hududning demografik salohiyati, yalpi hududiy mahsulot hajmi, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari va tarmoqlar kesimidagi TTXI oqimlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlash hamda hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlarini asoslashdan iborat. Empirik baza sifatida Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari, rasmiy statistik to‘plamlar va muallif hisobkitoblaridan foydalanilgan. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida xorijiy investitsiyalar ulushi nisbatan pastligicha qolgan. Maqolada investitsiya siyosatini yuqori qo‘shilgan qiymat, raqamli iqtisodiyot, inson kapitali va eksportbop ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tahlil natijalari hududda iqtisodiy o‘sish va investitsion faollik o‘rtasida ijobiy tarkibiy bog‘liqlik shakllanayotganini, biroq investitsiyalarning tarmoqlar bo‘yicha konsentratsiyasi barqaror va inklyuziv hududiy rivojlanish uchun muayyan xavflarni saqlab qolayotganini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan investitsiya infratuzilmasini bank-moliya xizmatlari, sanoat zonalari, logistika, energetika va raqamli servislar bilan uzviy rivojlantirish, investorlar uchun hududiy loyihalar portfelini shakllantirish, mahalliy korxonalarni xorijiy kapital bilan kooperatsiyaga jalb etish hamda investitsiya samaradorligini muntazam monitoring qilish zarurligi asoslangan bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
investitsiya mexanizmi, investitsiya muhiti, hududiy rivojlanish, xorijiy investitsiyalar, infratuzilma, sanoat.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.